Nahayon

Nahayon, Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon (1916, Jahili) — Birlashgan Arab Amirliklari davlat arbobi. Abu-Dabida liniy ta’lim olgan. 1946-66 yillarda Abu-Dabi amirligidagi Al-Ayn shahri hokimi, 1966 yil avgustdan Abu-Dabi amiri, 1969-71 yillarda Fors qo’ltig’idagi Arab amirliklar federasiyasi (1971 yil 2 dekabrdan mustaqil BAA davlati) Prezidenti, 1971 yil dekabrdan BAA Prezidenti, 1976 yildan ayni vaqtda BAA mudofaa oliy kengashi va qurolli kuchlar bosh qo’mondoni.