Nar qushlarning rangi nima uchun makiyonlarinikidan yorqinroq bo’ladi?

Buni tushunish uchun, avvalo, qushlarga rangning nega kerakligini bilib olishimiz lozim? Buning sabablari har xil talqin qilindi, fan esa hali uzil-kesil xulosasini chiqargan emas. Ayrim qushlarning pati g’ayrioddiy, turli tusdaligi, boshqa birlarining bir xil rangdaligi muammoligicha qolmoqda. Ba’zilari ochiq rangli, boshqalarini esa payqash qiyin. Biz faqatgina ko’p qushlar uchun qat’iy bo’lgan bir qancha qoidalarni topishga harakat qilishimiz mumkin. Ularning biri shunday: ochiq rangli qushlar vaqtining ko’p qismini daraxtlar uchida, havoda yoki suvda o’tkazadi. Ko’rimsiz qushlar yerda yoki yer atrofida yashaydi . Ko’p mustasnoliklar bilan yana bir qoida shundayki, qushlarning ustki tomoni ostki tomoniga qaraganda qoraroq. Bu dalillar fanning qushlar o’z dushmanlari ko’ziga tashlanmaslik uchun rangli patlar himoya vazifasini bajaradi, degan taxmin qilishiga olib keldi. Bu «himoya rangi» deyiladi. Loyxo’raklar rangi ularni botqoqlik o’tlari orasida juda zo’r niqoblaydi. Yakantovuqning tusi xazonlardan farq qilmaydi. Qushlarni rangi muhofaza etar ekan, bunga qaysi biri ko’proq ehtiyoj sezadi: narimi yoki makiyoni? Tabiiyki, makiyoni, chunki u tuxum bosadi. Shu bois tabiat unga o’zini dushmanlaridan yaxshi muhofaza qilishi uchun xunukroq rang bergan. Narlarining ravshanroq patga ega bo’lishining yana bir sababi juftlashish davrida makiyonini o’ziga jalb qilishiga yordam beradi. Ana shunda narlarining tusi yanada ravshanlashib ketadi. Ko’ryapsizmi, hatto qushlarda ham bir qarashdayoq muhabbat tug’ilar ekan!