Narshax, Narjak
Narshax, Narjak — Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi qadimgi qishloq. Ilk o’rta asrlarda Narshaxda katta Hisor (qo’rg’on) bo’lgan. Muqanna qo’zyulonittg markazlaridan biri shu qishloqda joylashgan. 776 yil aprelda Muqanna tarafdorlari bilan Buxoro amiri Husayn ibn Maoz lashkari o’rtasida Narshaxda katta jang bo’ladi. Xalifa Maxdiyning vaziri Jabroil ibn Yaqyo arablarga yordamga kelib, Narshaxni qamal qiladi. To’rt oylik janglarda Hosim Ahmad boshchiligidagi Muqanna tarafdorlari bo’lgan oq kiyimliklar g’alaba qozonishtan. Biroq arablar hiyla yo’li bilan Narshaxni egallab, qo’zg’olon rahbarlarini xoinlarcha o’ldirishadi. Bu paytda Narshaxning hokimi bo’lgan ayol kishi (erining nomi sharaf bo’lib, u Abu muslimning lashkarboshisi bo’lgan)ni ham Jabroil o’ldirtirgan. Narshaxdan mashhur tarixchi olim narshaxiy chiqqan. Narshax haqida Abu Sa’d as-Sam’oniyning «kitob al-ansob» asarida ham muhim ma’lumotlar mavjud (12-asr). Hozirgi Narshax Narchoqtepa nomi bilan mashhur. Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi. T., 1966; Kamaliddinov Sh., «Kitob al- ansab» Abu Sa’da Abdalkarima ibn Muhammada as-Sam’ani kak istochnik po istorii i istorii kulturi Sredney Azii, T., 1993.