Naslchilik xo’jaligi

Naslchilik xo’jaligi – chorva hayvonlari va parrandalarning ma’lum bir zotiga mansub mollarni urchitish b-n shug’ullanadigan xo’jalik. Naslchilik xo’jaligi yetakchi naslchilik zavodi bilan hamkorlikda yagona selektsion dastur asosida ma’lum bir zotdagi mollarni yetishtirib ko’paytiradi, ularning tip va tizimlarini takomillashtiradi. Naslchilik ishini olib borishning asosiy usuli naslchilik zavodlaridagi kabi sof zotli urchitish bo’lib, zotdagi tizim va oilalarni takomillashtirib, podada duragay mollar bo’lsa, ularni qon singdirish usuli bilan chatishtiradi. Naslchilik zavodlaridan va chet davlatlardan keltirilgan naslli mollarni ko’paytirib, o’z reproduktiv mollarini ma’lum yo’nalishda zooveterinariya qoidalari asosida parvarish qiladi. Shuningdek, o’z podasini to’ldirishdan tashqari oddiy naslchilik fermalariga, naslchilik reproduktorlariga va dehqon (fermer) xo’jaliklariga naslli mollar yetkazib beradi. Xo’jalikda mollar va parrandalar har yili bonitirovkadan o’tkaziladi, nasldor hayvonlarni davlat kitobiga yozishga kerakli hujjatlarni rasmiylashtiradi. Naslchilik xo’jaligi belgilangan tartibda har besh yilda bir marta qishloq va suv xo’jaligi vazirligining chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspektsiyasi tomonidan davlat attestasiyasidan o’tkaziladi. Naslchilik xo’jaligining faoliyatiga baho berishda xo’jalikda olib borilayotgan naslchilik ishlarining ahvoliga, chorva mollari bosh soniga, mahsuldorligiga hamda ularning sog’lomligiga alohida ahamiyat beriladi. O’zbekistonda Naslchilik xo’jaligining bir necha toifadagi tarmoklari tashkil etilgan. Ular naslchilik zavodlari, Naslchilik xo’jaligilari va naslchilik fermalaridir. 2003 yilda Naslchilik xo’jaligi toifasida jami 357 ta xo’jalik ishladi. Barcha toifadagi Naslchilik xo’jaligilarining 44 tasini naslchilik zavodlari, 66 tasini Naslchilik xo’jaligilari va 247 tasini naslchilik Fermalari tashkil etdi. Qoramolchilikda 16 zavod, 24 xo’jalik va 212 naslchilik fermasi, qorako’lchilikda 18 zavod, 13 xo’jalik va 3 ferma, dumbali qo’ychilikda 2 zavod, 3 xo’jalik va 14 ferma, echkichilikda 1 ta zavod, 2 ta xo’jalik va 4 ta ferma, yilqichilikda 3 ta zavod, 1 ta xo’jalik va 11 ta ferma, tuyachilikda 2 ta ferma, parrandachilikda 1 ta zavod, 1 ta I-tartibli va 1 ta I-tartibli reproduktor xo’jaligi, baliqchilikda 1 ta zavod, cho’chqachilikda 2 ta xo’jalik, asal-arichilikda 2 ta xo’jalik, 2 ta ferma va tut ipak qurti bo’yicha 3 ta naslchilik stansiyasi va 15 ta naslchilik zavodi mavjud (2003). Izatulla Eshmatov.