Nasr ibn Ahmad
Nasr ibn Ahmad, Nasr II Ibn Ismoil Somoniy (taxminan 906-943) — somoniylar davlati hukmdori (914— 943). Davlatni 8 yoshli Nasr ibn Ahmad nomidan vazir Jayhoniy boshqargan. Bu davrda Somoniylar sulolasi ichida taxt uchun kurashlar kuchaygan. Nasr ibn Ahmad taxtga o’tirishi bilan amakisi Ishoq qo’zg’olon ko’targan. Xartangda Nasr ibn Ahmad va Ishoq qo’shinlari o’rtasida jang bo’lib o’tgan. Jangda Ishoq qo’shini engilgan. Xuroson va Nishopurda somoniylarga qarshi shialar qo’zg’olonlari bo’lib o’tgan. Shialar targ’iboti shu qadar avj olganki, hatto Nasr ibn Ahmadning o’zi ham shia mazhabini qabul qilishga majbur bo’lgan. Bundan norozi bo’lgan Sun-niy ruhoniylar turk gvardiyasi yordamida Nasr ibn Ahmadga qarshi fitna uyushtirishgan. Bundan xabar topgan Nasr ibn Ahmad fitnani fosh etib, o’z o’g’li Nuh foydasiga taxtdan voz kechgan.