Nasr ibn Ahmad

Nasr ibn Ahmad, Nasr I ibn Asad Somoniy (taxminan 848 — 893) — somoniylar sulolasi boshlig’i, Samarqand hokimi (865-892). Nasr ibn Ahmad Norin daryosi bo’yidagi Haylam qishlog’ida tug’ilgan. 874 yil Xuroson hukmdori Muhammad ibn Tohirning ukasi Husayn ibn Tohir Buxoroga bostirib kelgan. Buxoro xalqi zulmga qarshi qo’zg’olon ko’targan va Nasr ibn Ahmad huzuriga elchilar jo’natib, Somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni so’ragan. Nasr ibn Ahmad o’z ukasi Ismoil Somoniyni Buxoroga noib qilib yuborgan. Shundan so’ng Nasr ibn Ahmad o’zini butun Movarounnaxr boshlig’i deb bilgan va kumush dirhamlar zarb qildirgan (ilgari dirham tangalar zarb qilishga faqat tohiriylarnmng huquqi bor edi). Ismoil bo’lsa, akasiga itoat etmay qo’ygan va ular o’rtasida 888 yil to’qnashuv bo’lib Nasr ibn Ahmad qo’shinlari butunlay tor-mor keltirilgan.