Natriy lampa

Natriy lampa — gaz razryadli yorug’lik manbai. Natriy (Na) bug’larida elektr razryadi yuz berganda optik diapazondagi nurlanish (yorug’lik) paydo bo’ladi. Past bosimli va yuqori bosimli turlari bor. Past bosimlisi natriy bug’lari va inert gazlar aralashmasi to’ldirilgan shisha naychadan iborat. Bunday lampa sariq nur sochgani uchun umumiy yoritishda ishlatilmaydi. Undan avtomobil yo’llarini yoritish, shahar ko’chalarini bezatish uchun foydalaniladi. Yuqori bosimli Natriy lampaning naychasi natriy bug’larida yuqori (1200° dan yuqori) temperaturagacha elektr razryadiga chidaydigan polikristall (masalan, A12O3)dan tayyorlanadi. Naychadagi havo so’rib olinganidan so’ng unga natriy, geliy va inert gaz to’ldiriladi. Bunday lampa nafis oltin rang yorug’lik sochgani uchun ichki va tashqi yoritish tarmoklarida ishlatiladi. Natriy lampa elektr tarmogiga ishga tushirish-rostlash apparatlari orqali ulanadi.