Navcha, dumrov

Navcha, dumrov — o’tmishda boylarga yollanib ishlaydigan o’spirin yigitlar. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida keng tarqalgan. Navcha dehqonchilik bilan bog’liq har xil ishlarni: yer haydash, ekin ekish, ekinni o’rib-yig’ib olish, yanchish, ariq- zovurlarni qazish, go’ng chiqarish va boshqalarni bajargan. Navchani boy xo’jaliklar ko’pincha chorakorlarga yordamchi qilib olganlar. Navcha 9 oyga, ya’ni bahorda qo’sh chiqarish vaqti (mart— aprel)dan to kuzgacha, yerni shudgor qilgunga (oktabr — noyabr) qadar bo’lgan davrga yollangan. Navcha oladigan haqini xo’jayin bilan oldindan kelishib olgan. Ish haqi qishloq xo’jaligidan olinadigan mahsulot bilan to’langan. Navcha donli ekinlardan (arpa, bug’doy, jo’xori va boshqalar) taxminan 1/5— 1/6 hissadan 7,2 qissagacha haq olgan. Agar Navcha chorakorga yordamchi bo’lib ishlasa, uning ish haqi olinadigan hosilning 1/20—1/25 hissasigacha to’g’ri kelgan. Mehnat haqidan tashqari xo’jayin Navchani ovqat hamda kiyimbosh bilan ta’minlashi kerak bo’lgan.