«Navro’z»

«Navro’z» — restoran majmui. O’zbekiston milliy bog’i hududida joylashgan zamonaviy me’moriy inshoot. 1991 yilda ishga tushgan. Loyihasini O’zbekiston savdo binolarini loyihalash instituti (Uzgiprotorg) tayyorlagan (me’morlar: R. Yoqubov, V. Ostroverxoe, N. Batorin). «Navro’z» 2 qavatli, 1-qavatida «Baxt uyi», «qishki bog'» deb atalgan madaniy hordiq chiqarish maskani, qahvaxona (40 o’rinli), bar (100 o’rinli) va turli xizmat ko’rsatish xonalari mavjud. 2-qavatda 3 ta zal yonma-yon joylashgan. Zaruratga qarab zallar urtasidagi ko’chma devorli to’siklar olinib katta zal (1000 o’rinli) hosil kilish mumkin. «Usto» birlashmasi ustalari Mahmud Qosimov, Mahmud Abdurahmonov, Ravshan Niyozovlar milliy uslubda ganch o’ymakorligida did bilan bezagan maxsus (oliy martabali mehmonlar uchun) «Ziyofatxona» ham mavjud. Me’moriy jihatdan «Navro’z» ko’rkam zamonaviy ko’rinishga ega, an’anaviy xalq san’ati bilan uyg’unlashgan. Marmar zinapoyalar mahobat bilan bino ichkarisiga yo’llaydi. Atrofidagi favvoralar majmui, ko’kalamzorlashtirilgan maydon binoni yanada tantanavor ko’rsatadi.