«Nyu-York Tayms»

«Nyu-York Tayms» («New-York Times» — «Nyu-York vaqti») — AQShning yirik kundalik gazetasi. Nyu-Yorkda chop etiladi. 1951 yilda asos solingan. Dastlab 4 sahifali nashr ko’rinishida bo’lgan. 1997 yil 15 iyundan rangli tarzda chop etila boshladi. 2000 yil sentyabrida «Nyu-York Tayms» oddiy ish kunlari 1,1 million, yakshanba kunlari 1,7 million nusxada chop etilgan. Yirik monopolistik kapital manfaatlarini aks ettiradi. AQShning eng nufuzli, ma’lumot-axborotlarga boy gazetalaridan. Rasman mustaqil deb hisoblansada, asosan, demokratlar partiyasini qo’llab quvvatlaydi. Parij va Lima (Peru)da ham chop etiladi.