Naberejnie Chelni

Naberejnie Chelni – Tatariston Respublikasidagi shahar (1930 yildan, 1982-88 yillarda Brejnev shahri). Kama daryosidagi pristan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Krugloe Pole (17 kilometr). Aholisi 520,3 ming kishi (1998). Ilgari yog’ochsozlik, to’qimachilik va oziq- ovqat sanoati markazi edi. 1970 yilda Kama avtomobil zavodining qurilishi munosabati bilan tez rivojlandi. Oziq-ovqat, yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Quyi Kama GES bor. Politexnika, pedagogika institutlari, qo’g’irchoq teatri ishlab turibdi.