Nabis

Nabis (Nabis) (? – miloddan avvalgi 192) -Sparta hukmdori (tirani) (miloddan avvalgi 207-192). Evripontiylar shoh xonadoniga mansub bo’lgan. Bir qancha qat’iy tadbirlarni amalga oshirgan: bir kism mulkdorlarni quvg’in qilgan, ayrimlarini qatl etgan; yirik yer egalarining yerlarini musodara qilib, grajdanlik tarkibiga kiritilgan ersiz spartiatlar va ilotlarga bo’lib bergan. Nabis davrida Sparta qo’shini kuchaygan, Argos bosib olinib, u yerda ham shu islohotlar o’tkazilgan. Butun Peloponnes bo’yicha tub islohotlar o’tkazilishi xavfi Nabisga karshi Axey ittifoqinmng urush boshlashiga sabab bo’lgan. Ittifoqchilarga yordamga Rim armiyasi ham yetib kelgan. 195 yil tuzilgan sulhga ko’ra, Nabis hokimiyati faqat Sparta hududi bilan cheklab qo’yilgan. Nabisning qaytadan urush qilishi uning ham quruqlikda, ham dengizda mag’lubiyatga uchrashi bilan tugagan. Nabis xoinona o’ldirilib, Sparta Axey Ittifoqiga qo’shib olingan.