Nevinnomisk

Nevinnomisk – Rossiya Federatsiyasi Stavropol o’lkasidagi shahar (1939 yildan, ungacha nevinnomisskaya Stanisasi). Kuban daryosi bo’yida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 133 ming kishi (1998). Azot ishlab chiqarish korxonasi, junga dastlabki ishlov berish fabrikasi, shina remonti, bug’qozon-mexanika, avtomobil remonti, elektromexanika, moy ekstraktsiya, sut, kimyoviy uy-ro’zg’or buyumlari, elektr o’lchagich asboblari zavodlari, un, parrandachilik kombinatlari, GRES bor. Stavropol politexnika institutining umumiy texnika fakulteti, o’lkashunoslik muzeyi faoliyat ko’rsatadi. Nevinnomisk yonida nevinnomisk kanali boshlanadi.