Patom tog’ligi

Patom tog’ligi – Rossiya Federatsiyasi Irkutsk viloyatidagi tog’lik. G’arb, Janub va Sharqda Vitim va Lena daryolari vodiysi orasida yotadi. Balandligi 1200-1300 metr (eng baland joyi Longdor tog’i, 1924 metr). Proterozoyning kristalli slanes, ohaktosh va kvartsitlaridan, shimoliy quyi paleozoy jinslaridan tarkib topgan. Yon bag’irlari 900-1100 metr balandlikkacha kedr aralash qarag’ay taygasi, undan yuqorisi pakana kedr va qayin bilan, 1200 metrdan yuqorisi Toshloq tundra bilan qoplangan. Oltin konlari va qurilish materiallari bor.