Navigatsiya

Navigatsiya (lotincha navigo — kemada suzaman) — 1) kemalarda suzish, uchish apparatlarida uchish; kemalarni (dengiz Navigatsiyasi), uchish apparatlari — samolyot, vertolyot va boshqalarni (havo Navigatsiyasi), kosmik apparatlar — kosmik kemalarni (kosmik Navigatsiya) boshqarishning nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan fan. Asosiy vazifalari: eng xavfsiz va qulay yo’lni (kureni) tanlash; Navigatsiya asboblari yordamida xarakat yo’nalishi va o’tgan yo’lni aniqlash; apparatlarni boshqarish uchun eng qulay xaritafafik proektsiyalarni o’rganish va tanlash; Navigatsiya masalalarini analitik va grafik usullarda echish; apparatning tan- langan yo’ldan og’ishiga sabab bo’ladigan tashqi omillarni hisobga olish; sun’iy yo’ldoshlar va yerdagi nishonlar yordamida apparat o’rnini aniqlash hamda bu ma’lumotlarning aniqligini tekshirish. Navigatsiyaning vazifalari geodeziya, xaritagrafiya, gidrografiya, okeanologiya va meteorologiya usullaridan foydalanib hal etiladi. Dengiz Navigatsiyasi qadimdan ma’lum. Kemalarni boshqarishning oddiy usullari qadimgi Sharq xalqlariga ma’lum bo’lgan. Kema kursini magnit mili yordamida aniqlash usuli topilgach (11-asr), teng burchakli to’fi tsilindrik proektsiyalash usulini qo’llab xarita tuzilgach (16-asr), mexanik lag (kemaning o’tgan yo’lini aniqlaydigan asbob) kashf qilingach (19- asr), hozirgi Navigatsiyaga asos solindi. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida fizika fanining taraqqiy etishi natijasida kemalarni boshqarishning elektr Navigatsiya va radiotexnika asboblari yaratildi. L. Eyler, M. V. Lomonosov va boshqa olimlar Navigatsiya masalalarini ishlab chiqishda katta rol o’ynadilar. A. S. Popov radioni ixtiro qilgandan so’ng Navigatsiya taraqqiyotining yangi bosqichi shakllandi. Navigatsiyada impulsli, impuls-fazali va fazali radionavigatsiya tizimlari yoki sektorli radiomayaklardan foydalanildi. Ochiq dengizdagi Navigatsiya uchun global radionavigasiya tizimlari ishlab chiqildi. Bu maqsadda navigatsiya sun’iy yo’ldoshlari tizimidan foydalanish ancha samarali. Fanning rivojlanishi va texnikaning takomillashishi natijasida Navigatsiya ma’lumotlarini olish, ishlab chiqish va bevosita boshqarish tizimiga uzatish ishlarini avtomatlashtirishga imkon tug’ildi; 2) mahalliy iqlim shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, dengiz, daryo va boshqa suv havzalarida kemachilikka imkon beradigan mavsum.