NAZARIYA

NAZARIYA — bilimning biror sohasiga oid bir-biri bilan muayyan tarzda bog’langan asosiy g’oyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. Uning qirralarini konsepsiyalar, umumlashmalar, turlar va darajalar, yondashuvlar, modellar, paradegmalar tashkil etadi.