Neel (Neel) Lui Ejen Feliks

Neel (Neel) Lui Ejen Feliks (1904.22.11, Lion – 1970) – frantsuz fizigi, Frantsiya Fanlar Akademiyasi a’zosi (1953 yildan). Strasburg (1937 yildan) va Grenobl (1945 yildan) universitetlari professor. Yadro tadqiqotlari markazi direktori (1956-71), Grenobl politexnika instituti prezidenti (1971 yildan). Ilmiy ishlari magnetizm nazariyasiga oid. Xususan, antiferromagnetiklarning mavjudligi to’g’risidagi farazni aytdi (L. D. Landautn mustaqil tarzda; 1932), ferromagnetizm nazariyasini ishlab chikdi qamda ferritlarning kuchli magnetizm xususiyatiga ega ekanligini tushuntirib berdi, o’ta paramagnetizm hodisasini kashf etdi. Neel antiferromagnetiklarning ma’lum temperaturadan yuqori temperaturada o’ziga xos magnit xususiyatlarini yo’qotishni topdi. Bu temperatura uning nomi bilan ataladi. Nobel mukofoti laureati (1970).