Nefrit

Nefrit (Yunoncha nephros — buyrak) buyrak tuzilmalarining yallig’laniish bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Nefritiga glomerulonefrish, pielonefrit, tubulo-interstisial, irsiy, nefrotik sindrom va boshqalar kiradi. Nefrit rivojlanishiga bir qancha patogen mikroorganizmlar (bak teriya, viruslar), organizmning son qotishi, immun yetishmovchiliklar va boshqalar sabab bo’ladi. Nefrit, asosan, immun sistema bilan bog’liq kasallik. Kasalliknish rivojlanish mexanizmiga ko’ra, immun-birikmali va autoimmun Nefrit tafovut qilinadi. Birincha holda, antigen-antitelo birikmasi qonda hosil bo’lib, boshqa a’zo va to’qimalar bilan bir qatorda buyrakda ham yig’iladi va uni shikastlaydi. Autoimmui Nefritda esa buyrakda tuzilma elementlariga qarshi Auto-antitelolar hosil bo’ladi, ular ushbu elementlarga birikib yallig’lanishni yuzaga keltiradi. Nefrit kechishiga ko’ra, o’tkir, o’rtacha o’tkir, xavfli, tez rivojlanuvchi va surunkali xillarga ajratiladi. O’tkir Nefrit ko’pincha yilning sovuq fasllarida uchrab, shish, qon bosimining oshishi, peshob miqdorining kamayishi, unda oqsil, eritrositlar uchrashi kabi klinik alomatlar bilan kechadi. O’rtacha o’tkir, xavfli va tez rivojlanuvchi Nefrit nisbatan kam uchraydi, kasallikning bu turlarida letallik juda yuqori. Surunkali Nefrit vaqt-vaqti bilan zo’rayib turadi va kasallikning hamma belgilari namoyon bo’lishi bilan kechadi. Davosi. Parhez, peshob haydovchi, immun tiklovchi va boshqa dori-darmonlar buyuriladi. Organizmdagi infektsiya o’choqlari aniqlanib, davolanadi. Ayrim og’irroq hollarda «sun’iy buyrak» apparatidan foydalaniladi. Buyrak faoliyatini tiklash iloji bo’lmaganda bemorga soglom buyrak ko’chirib o’tkaziladi. Surunkali Nefrit bilan og’rigan bemorlar doimiy vrach nazoratida bo’lishi uchun ro’yxatga olinadi. Nefritning oldini olishda organizmni chiniqtirish, streptokokkli tonzillit, faringit kabi o’tkir yuqumli kasalliklarni o’z vaqtida aniqlab davolash, uzoq vaqt sovuqsa qolmaslik lozim.