Neogegelchilik

Neogegelchilik (Neo… va Gegelchilik) — falsafiy oqim. 19-asroxiri va 20-asr boshlarida Germaniyada shakllanib, keyin boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Neogegelchilar Gegel ta’limotini yangicha izohlab, shu asosda bir butun dunyoqarashni yaratishga urindilar. Neogegelchilik markazida tarix va madaniyat, davlat, huquq falsafasi masalalari yotadi; dialektik metod tafovutlarning eklektik sintezi, qarama-qarshiliklarni murosaga keltiruvchi omil sifatida talqin etiladi. Neogegelchilik turli mamlakatlarda turlicha shaklda namoyon bo’ldi. Neogegelchilikning namoyandalari: J. X. Stirling, E. Kerd, F. Bredli, B. Bozanket, J. E. Maktaggart, R. Kollingvud (Buyuk Britaniya), G. Bolland (Niderlandiya), B. Kroche, J. Jentile (Italiya), V. Dil-tey, R. Kroner (Germaniya), I. A. Ilin (Rossiya), J. Val, A. Kojev (Frantsiya). Xalqaro «Gegelchilar Ittifoqi» tuzilib (1930; markazi Niderlandiya), Gaagada (1930), Berlinda (1931), Rimda (1934) kongresslari bo’lgan. 1930-yillar o’rtasida mustaqil falsafiy oqim sifatida barham topdi. 2-jahon urushidan keyin «gegelchilar Ittifoqi»ni qayta tiklashga urinishlar hech qanday samara bermadi. Ammo Neogegelchilikning ba’zi g’oyalari hozirgi zamon faylasuflarining qarashlarida ba’zan ko’zga tashlanib turadi.