Neovitalizm

Neovitalizm (Neo… va Vita lizm) — biologiyadagi idealistik oqim, vitalizm shakllaridan biri. 19-asrning 2-yarmida «eski» vitalizm o’rnida paydo bo’lgan. Neovitalizmning asoschisi X. Drishning ko’rsatishicha, organizmning yaxlit va garmonik rivojlanishini materiyadan yuqori turadigan dinamik omil, ya’ni «entelexiya» belgilab beradi. Ota-ona uchun xos bo’lgan belgilarning naelga o’tishi va oliy nerv faoliyati ana shu entelexiya bilan bog’liq. Moslashganlikning nisbiyligi to’g’risidagi Ch. Darvin ta’limotiga qarama-qarshi o’laroq, X.Drish moslashganlikni absolyutlashtiradi va uni entelexiya boshqarib turishini tan oladi. Neovitalizmning boshqa tarafdorlari fikricha, fiziologik jarayonlar va organizmlar rivojlanishining asosini «dominanta», «hayot energiyasi», «kuch maydoni» kabi moddiy bo’lmagan «tashkillashtiruvchi» omillar tashkil etadi. Pirovardida Neovitalizm teologiya bilan yaqinlashib, biologiya fanining rivojlanishiga mone’lik qiladi.