Neper (Napier) Jon

Neper (Napier) Jon (1550, Merchiston- Kasl, Edinburg yaqinida — 1617.4.4) — logarifmlarni kashf qilgan shotland matematigi. Edinburg universitetida o’qigan. «Logarifmlarning ajoyib jadvali tavsifi» (1614) ishida Neper logarifmlarga ta’rif bergan, ularning xossalari va qo’llanilishini tushuntirgan. «Logarifmlarning ajoyib jadvalini tuzish» (1619) ishida 1614 yildagi «… tavsifi»da bayon etilgan logarifm nazariyasi va o’nli logarifmlar g’oyasi bayon qilingan. Neperga sferik uchburchaklarni logarifmlash uchun bir qator qulay echish formulalari ham taalluqli.