Nepesov G’oyib Nepesovich

Nepesov G’oyib Nepesovich (1907, Toshhovuz viloyati ko’hna Urganch tumani, Turkmaniston — 1976, Nukus) — tarixchi olim, Turkmaniston Fanlar Akademiyasi akademik (1951), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968), Qoraqalpog’iston ASSRda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1966), tarix fanlari doktori, professor (1950). Ashxobod pedagogika institutini tugatgan (1939). Toshhovuz o’qituvchilar instituti direktori (1942— 47), Turkmaniston Fanlar Akademiyasi tarix, arxeologiya va etnografiya instituti ilmiy xodimi (1953-59), Ashxobod pedagogika instituti kafedra mudiri (1962— 65), qoraqalpoq pedagogika instituti kafedra mudiri (1966-70). Ilmiy ishlari Xorazm vohasi va Qoraqalpog’istonning 20-asr 1-yarmidagi tarixiga bag’ishlangan.