Neptuniy
Neptuniy (Neptun planetasi nomidan olingan; lotincha Neptunium), Np — sun’iy radioaktiv kimyoviy element; aktinoidlar oilasiga mansub. Tartib raqami 93, massa sonlari 227-241 ga teng bo’lgan 15 ta izotopi ma’lum. Eng barqaror izotopi 237Np (T|/2=21,14- 10(l y., a-nurlanuvchi), atom molekulasi 237,0482. Amerika olimlari E. Makmilan va F. Eyblson topgan (1940). Neptuniy bog’lanuvchan, kumush rangli yumshoq metall, zichligi 20,45 g/sm3, suyuklanish temperaturasi 640°, qaynash temperaturasi 4082°. Neptuniyning 237Np izotopi 23(iPu ishlab chiqarishda boshlang’ich material hisoblanadi.