Nerpalar (Pusa)

Nerpalar (Pusa) — tyulensimonlar oilasi urug’i. Ba’zan oddiy tyulenlar oilasiga kiritiladi. Gavdasining uzunligi 1,5 metrgacha, vazni 100 kilogrammgacha. 3 ta turi bor. Halqali Nerpalar Atlantika va tinch okeanining mo’tadil va sovuq suvlarida hamda shim. Muz okeanida tarqalgan. Baliqlar va qisqichbaqasimonlar bilan oziklanadi. Muz ustida bolalaydi. Ba’zan katta to’da hosil qiladi. Cheklangan miqdorda ovlanadi. Kaspiy Nerpalarsi, ya’ni Kaspiy tyuleni Kaspiy dengizida, baykal Nerpalarsi Baykal ko’lida yashaydi. Kaspiy va Baykal Nerpalarining soni kamayib ketganligi tufayli ularni ovlash cheklangan. Finlyandiyaning Sayma ko’lida uchraydigan sayma narpasi xalqaro tabiatni muhofaza qilish Ittifoqi qizil Kitobiga kiritilgan.