Niderland maktabi
Niderland maktabi – 15-16- asrlar musiqasidagi ijodiy yo’nalish, Uyg’onish davrining etakchi kompozitorlik maktabi. Niderlandiya (tarixiy viloyat) ilg’or musiqa madaniyati yuksak professionalizm, badiiy yutuqlar va xalq an’analari zaminida shakllanib, G’arbiy Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Niderland maktabi vokal-xor polifoniya taraqqiyotini belgilab berdi va uning umumiy asos va usul (imitasiya, murakkab kontrapunkt va boshqalar)larini ishlab bergan. Yetuk namoyandalari: G.Dyu-Fai, Y.Okegem, Ya.Obrext, Josken Depre, Lasso. Niderland maktabi ijodkorlari diniy va dunyoviy musiqa (messa, motet, Madrigal, polifonik qo’shiqlar), 16-asrda murakkab cholg’u pesalar ham yaratdilar. A Kapella xor messalari Niderland maktabining ulkan yutug’i bo’ldi. Niderland maktabi ishlab chiqqan ko’p ovozlilik qonunlari va yangi ifoda vositalari kompozitorlik musiqaning keying taraqqiyotini ta’minladi; uslub sifatida Yevropa musiqa san’atida cherkov vokal-xor janrlari va ularda ifoda topgan diniy dunyoqarashining ko’p asrlik hukmronligini yakunladi. Niderland maktabi ko’p badiiy xususiyatlari musiqaning keying rivoji (polifoniya, gomofoniya, dodekafoniya)da o’z ahamiyatini saqlab qoldi.