Nig’matov Yusupjon Qo’chqorovich

Nig’matov Yusupjon Qo’chqorovich (1940.1.1, Toshkent shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq, o’qituvchisi (1996). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1963). 1967 yildan Sobir Rahimov tumanidagi 11-, 1968 yildan Shayxontohur tumanidagi 169-, 1974-99 yillarda Sobir Raximov tumanidagi 243-maktabda kimyo o’qituvchisi. Pedagogik faoliyati davomida kimyo bo’yicha ixtisoslashgan sinflar tashkil etish hamda dars sifati va samaradorligini oshirishda ibratli ishlarni amalga oshirdi.