Nilufar nimasi bilan mashhur?

Xitoyliklar uchun Nilufar musaffolik va olijanoblik ramzidir. Balchiq va loyqa suvda o’sgani bilan u hech qachon bulg’anmaydi. Og’ir qismatga tan bermagan, yomonlik oldida tiz cho’kmagan, o’ziga gard yuqtirmagan odamlarni Nilufarga qiyoslashadi. Nilufar sokin hovuzlarda, iyul-avgust oylarining eng issiq kunlari gullaydi. Ana shunda odamlar ertadan kechgacha hovuz bo’ylaridan ketmay zavq olishadi. Barglari o’ziga xos tarzda shitir-shitir etib turadigan, o’zining toza va nafis guli, yirik latif gultojlari bilan Nilufar unutilmas taassurot qoldiradi. Xitoyliklar ayollarning orastaligini behudaga Nilufarga qiyoslashmaydi. Maboda biz go’zallikda tanho, tengi yo’q qandaydir gul bor desak, ana shu gul Nilufar guli bo’ladi. Yuzlab yillar oldin Janubiy dengizlardan kelgan bu malika Xitoydagi hovuz va ko’llarga, bog’ va hovlilardagi kattakon sopol ko’zalarda gullab, zeb berib turadi. U faqat uch kun gullab turadi: ertalab ochiladi, kechqurun yopiladi. Odamlar Nilufar gullab bo’lgandan keyin ham suv ichida turgan doirasimon, zontikka o’xshash barglaridan zavq tuyaveradilar.