Niobatlar

Niobatlar — niobat kislota tuzlari. Niobatlar jumlasiga meta — MeNbO3 va orto — Me3Nb04, piro — Me4Nb207 va poliniobatlar Me2OnNb2O5 kiradi. Bu yerda Me — bir valentli kation, p=2n-1,2. 2, 3, 4 valentli metallarning Niobatlari ham ma’lum. Rangi qora, ba’zan sariq, qizg’ish va qo’ng’ir-qora. Ishuriy va ishqoriy-yer metallarning Niobatlar i issiqqa chidamli moddalar. Ular yuqori temperaturada suyuqlanadi (masalan, NaNbO31417° da, KNbO3 1039° da suyuqlanadi). Niobatlarning tabiiy birikmalari (tarkibida niobiy bo’lgan murakkab minerallar) ko’pincha pegmatitlar va granitlarda dala shpatlari (asosan, albit) bilan birga uchraydi. Niobatlar guruhiga ilmenorutil, piroxlor, eshinit kabi minerallar ham kiradi. Ishqoriy metallar va ba’zi metallarning Niobatlari suvda oz eriydi. Ko’pchilik metallarning Niobatlari segnetoelektrik va pezoelektrik xossalarni namoyon qiladi. Shuning uchun ulardan keramik segneto-kondensatorlar va pezoelektr kuchaytirgichlar tayyorlanadi.