Niqoblash, maskirovka

Niqoblash, maskirovka — harbiy ishda — o’z qo’shinlarini dushman razvedkasi kuzatuvidan yashirish, dushmanni chalg’itish uchun qo’llaniladigan tadbirlar majmui. Haqiqiy ob’yektlarni yashirish (panalash), soxta ob’yektlar qurish, chalg’itma harakatlar qilish, radiotexnika vositalari bilan yolg’ondakam shovqinlar tarqatish, Niqoblash to’rlari qo’llash, soxta xabarlar tarqatish, boshqaruv punktlarining o’rnini tez-tez o’zgartirib turish va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Niqoblashdagi asosiy vositalar: niqoblovchi kiyim-bosh, bo’yoqlar, o’simliklar, yorug’lik, tutun, shovqinlar, to’rlar va boshqalar.