Nirvana

Nirvana (sanskritcha, aynan – so’lish) — buddizm va jaynizmning asosiy tushunchasi. Inson intilishining oliy holatini, maqsadini ifodalaydi. Buddizmda Nirvana — inson ichki dunyosining mukammalligi, orzu-istaklarda yashash hissi, qanoat, tarki dunyochilik kabi ruhiy holatlar. Buddizm taraqqiyoti jarayonida etik-psixologik Nirvana tushunchasiga uni mutlaq degan tasavvur ham qushildi. Jaynizmda Nirvana — materiya kishanidan, tug’ilish va o’lishga hech qanday aloqasi bo’lmagan tashvishlaridan ozod jonning mukammal holati.