Nishon

Nishon — o’q otish uchun mo’ljalga olinadigan tabiiy yoki sun’iy belgi. Harbiy mashqlarda, sport mashqlarida turli Nishonlardan foydalaniladi. Nishonning doiraviy, ko’chma radiolokatsion, avtomobil kuzoviga o’rnatiladigan, shakldor, Nishon – samolyot, dengizda suzuvchi va muallaq turuvchi artilleriya shchiti va boshqa xillari bo’ladi. Turli mudofaa inshootlari (okop, blindaj va boshqalar) dan ham Nishon sifatida foydalanish mumkin. Havodagi otish mashqlarida Nishon – parashyutlarni sim bilan samolyotga bog’lab qo’yiladi.