Nishonov Bobojon

Nishonov Bobojon (1930, Farg’ona viloyati Rishton qishlog’i) — kulol, O’zbekiston xalq rassomi (1973). Otasi usta Nishonboy Zoirovdan hunar o’rgangan. 1941 yildan «yangi hayot» artelida kulol, rassom, 1970 — 90 yillardan Rishton badiiy kulollik buyumlari zavodida rassom. Nishonov Rishton kulolligi maktabini rivojlantirdi, naqsh mujassamotini yangi mavzu va naqshlar bilan boyitdi, an’anaviy buyumlarni mahorat bilan bezadi. Nishonov ishlagan, sirlab bezagan sopol idishlar va badiiy buyumlar xalqaro ko’rgazmalarda namoyish qilingan; Nishonov yaratgan ayrim badiiy buyumlar Respublika muzeylarida saqlanadi.