Nishonov Hakim Kabirovich

Nishonov Hakim Kabirovich (1917.5.12, Andijon) — sozanda, bastakor. O’zbekiston xalq artisti (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1957). Andijon bolalar teatrida aktyor (1933-36), O’zbek davlat filarmoniyasida sozanda (1936-39), O’zbek ashula va raqs ansambli (1957-59), «shodlik» ansambli (1971-76) badiiy rahbari, direktor o’rinbosari (1976-79), Qibray tumani Do’rmon qishlog’i «Do’stlik taronalari» xalq ashula va raqs ansambli badiiy rahbari (1959 yildan). «Iroda» (S. Jo’ra va V. Sa’dulla), «Qahramon» (I. Axmedov) musiqali dramalar, ayrim kompozitorlar bilan hamkorlikda simfonik poema va syuitalar, shuningdek, xor va qo’shiqlar muallifi.