Niyoz Muhammad Ho’qandiy

Niyoz Muhammad Ho’qandiy, Mullo Niyoz Muhammad Ho’qandiy Niyoziy bin Mullo Ashur Muhammad (taxminan 1802/03—1878 yildan so’ng) — qo’qonlik tarixchi, shoir. 1860 yil Niyoz Muhammad Ho’qandiy Qanoat- shoh boshliq Qo’qon qo’shinlarining Pishpak, uch Olmati va uzun og’ochga, 1861-62 yillarda esa Turkiston atrofiga qilgan yurishida ishtirok etgan. Shundan so’ng harbiy xizmatdan ketib, Qo’qonda o’z mahallasida tinch mehnat bilan band bo’lgan. «Tarixi jadidai toshkand» muallifi Muhammad Solihxo’ja Toshkandiy uni attorlik mollari bilan savdo qiluvchi savdogar deb ataydi. «Niyoziy»taxallusi bilan she’rlar bitgan. Niyoz Muhammad Ho’qandiy «Tarixi Shoxruxiy» asarini Xudoyorxon topshirig’iga ko’ra yozgan (1871-72). Asar Shohruxbiy davridan boshlab 1872 yilgacha Qo’qon xonligida sodir bo’lgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy o’zgarishlarni qamrab olgan. Ayniqsa, muallifning o’zi ishtirok etgan voqealar bayoni ilmiy jihatdan qimmatli. Asar Qo’qon xonligi tarixini o’rganishda muhim manba hisoblanadi. Ad.: Bobobekov H., Qo’qon tarixi, T., 1996; Beysembiev T.K., «Ta’rixi Shaxruxi» kak istoricheskiy istochnik, Alma- Ata, 1987.