Niger-Kongo tillari

Niger-Kongo tillari – nigerkordofan tillari makrooilasiga mansub til oilasi. Afrikaning Sahroi Kabir Janubrog’idagi katta hududda (Markaziy Sudan, Sharqiy va Janubiy Afrikaning ba’zi mintaqalari bundan mustasno) keng tarqalgan. Umuman, bu tillarda 300 milliondan ortiq kishi so’zlashadi. Son-sanoqsiz katta-kichik tillardan iborat. Niger-Kongo tillari amerikalik tilshunos J. Grinberg tasnifi bo’yicha 6 ta kichik oilaga bo’linadi: 1) g’arbiy Atlantika tillari; 2) mande tillari; 3) gur (volta) tillari; 4) kVA (Gvineya) tillari; 5) Benue-Kongo tillari; 6) adamaua-Sharqiy (adamaua-Ubangi) tillari (oilachalar g’arbdan sharqqa qarab sanalgan). Boshqa olimlarning fikricha, bu tasnif shartli, taxminan xususiyatga ega, chunki g’arbiy Atlantika va mande tillari oilachalari boshqalaridan sezilarli farqutanadi; aksincha, kVA tillari Benua-Kongo tillariga juda yaqin turadi. Niger-Kongo tillaridan akan, bamana, volof, zande, igbo, yoruba, Lingala, malinke, Nyanja, rundi, sango, Suaxili, Fula, shona, Eve kabilar 2,5 milliondan 20 milliongacha so’zlashuvchisi bo’lgan tillardir.