NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOT

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOT — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni o’z qatnashchilari o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkilot jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma‘rifiy maqsadlarga erishish, ma‘naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.