Nodir elementlar

Nodir elementlar, siyrak elementlar — yer qatlamida juda kam uchraydigan elementlarning shartli nomi. Ular 45 ga yaqin metalldan iborat. Chunonchi: litiy (Li), rubidiy (Rb), tseziy (Cs), berilliy (Be), radiy (Ra), galliy (Ga), indiy (In), talliy (TI), germaniy (Ge), vanadiy (V), niobiy (Nb), tantal (Ta), selen (Se), tellur (Te), poloniy (Ro), molibden (mo), volfram (W), reniy (Re), skandiy (Sc), ittriy (Y), lantan (La) va 14 lantanoid, aktiniy (As), toriy (Tp), protaktiniy (ra), uran (U) va inert gazlar. Nodir elementlar nisbatan yangi yoki nisbatan kam o’zlashtirilgan elementlardir. Nodir elementlarning aksarisi yer po’stila oz, ba’zilari ko’p uchraydi, hatto ularning yer po’stidagi miqdori turmushda va texnikada eng ko’p qo’llanadigan elementlarnikidan ancha ortiq ekanligi ma’lum. Masalan, bir vaqtlar «Nodir» hisoblangan titan elementining yer po’stidagi miqdori tabiatdagi uglerod, azot kabi elementlarnikidan ancha ortiqdir. Barcha Nodir elementlar Yer po’stining massa jihatidan 0,2%ini tashkil qiladi. Tog’ jinsining 1 tonnasida o’rtacha 65 gramm litiy, 46 gramm tseriy, 150 gramm vanadiy, 220 gramm tsirkoniy bo’ladi. Nodir elementlar ko’pincha, yer po’stida 2 ta, 3 ta, 4 ta element bilan birga uchraydi. Masalan, 1 guruhga mansub Li, Rb, Cs III guruhga oid Se, Y kabi nodir yer elementlari bilan, IV guruhga oid Ge Zr bilan, V guruhga oid Nb ta bilan, IV guruh elementi — mo esa W bilan birgalikda uchraydi. O’rta Osiyodagi Nodir elementlarning deyarli barchasi tarkibi murakkab rudalarda uchraydi. Angren konidan qazib olinadigan kumir tarkibida galliy, germaniy, vanadiy, molibden, reniy elementlari mavjud. Olmaliqdagi Qalmoqqir metall konidagi rudalar tarkibida esa molibden, reniy kabi Nodir elementlar uchraydi. Bu elementlar juda oz miqdorda bulganligi sababli ularni boyitish va ajratib olishning samarali usullari va texnologiyalari hozircha ishlab chiqilmagan. «Qizil-qumnodirmetalloltin» kontserniga qarashli hududlarda uran va boshqa aktinoid elementlar bor. Ayni vaqtda sanoat miqyosida faqat uran birikmalari ajratib olinadi. Nodir elementlardan xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega bo’lgan qotishmalar olishda, optik asboblar va boshqalar yasashda keng foydalaniladi. Ad. H. Dalimov T. N., Shayakubov T. Sh., Troskiy V. I. va b., Geologiya i poleznie iskopaemie Respubliki Uzbekistan, T., 1998; Bukin V. I., Ichumnov M. S, Safo- Nov V. V., Pererabotka proizvodstven- nix otxodov i vtorichnix resursov, soderjatshix Redkie, blagorodnie i svet- Nie metalli, M., 2002. Omonulla Xo’jaev.