Nodirov Bozorboy

Nodirov Bozorboy (1937.7.4, Nukus) — qoraqalpoq xonandasi (dramatik tenor). Qoraqalpog’iston (1977) va O’zbekiston (1982) xalq artisti. Kuchli va jarangdor ovoz sohibi. Nukus san’at bilim yurtida o’qituvchi (1969 yildan), Berdaq nomidagi musiqali drama va komediya teatrida yakkaxon xonanda (1975-93). Opera sahnasida Onegin (P. Chaykovskiy, «Onegin»), Aleko («Aleko», S.Raxmaninov), Josus («Ajiniyoz», N.Muhammaddinov) kabi rollarni ijro etgan. Kontsert repertuaridan qoraqalpoq xalq («Jeti asirim», «Gulzar», «Tarlan», «Nigorim» va boshqalar) va bastakorlar («elim bor», «jigirma beste», «xalqim», «tugan jerge», K. Abdullayev va boshqalar) qo’shiqlri o’rin olgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston davlat mukofoti laureati (1987).