Novalisoy

Novalisoy — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi soy. Piskom Daryosining o’ng irmog’i. Chorvoq suv omborida suv sathi ko’tarilgan bahor-yoz oylarida Novalisoy bevosita suv omboriga quyiladi. Ugom tizmasining Janubiy-g’arbiy yon bag’irlaridagi buloqlardan boshlanib, Janubiy-g’arbiy yo’nalishda oqadi. Uzunligi 17 kilometr, suv to’plash maydoni 99,4 km2. Beshta kichik irmoqlarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Irmoklarning eng yirigi Yaxaksoy (11 kilometr). Novalisoy yomg’ir va ko’proq qor suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 2,85 m3/sekund. Oqimining 65-70% mart—iyun oylariga to’g’ri keladi. Eng katta so’v sarfi may oyida kuzatiladi (6,32 m3/sekund). To’linsuv davrini hisobga olmaganda, suvi doim tiniq.