NORDIZM

NORDIZM (nem. nord – shimol) — irqchilik ko’rinishlaridan biri. Nordizm g’ayri ilmiy nazariya bo’lib, uning asosida shimoliy (nord) yoki «ariy» irqi insoniyatning boshqa irqlaridan ustun ekanligi haqidagi da‘vo yotadi. Nordizm asoschilari fransuz sotsiologlari J.A.Gobino va J.V.Lapuj hisoblanadi. Nordizm maddohlari shimoliy va «german» irqlarini teng qo’ygan, german irqini «oliy» irq hisoblab, sivilizatsiyaning barcha yutuqlari uchun insoniyat «oliy» irqdan minnatdor bo’lishi kerak, deb da‘vo qilgan. Germaniya fashizmi nazariyotchilari Nordizmni o’z rasmiy mafkurasiga aylantirgan edi.