Norinova Mavluda Hakimovna

Norinova Mavluda Hakimovna (1949.15.4, Yangiqo’rg’on tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1972). 1972 yildan Yangiqo’rg’on tumanidagi 54-maktabda o’qituvchi, 1973 yildan 81-maktabda o’quv bo’lim mudiri, 1984-2000 yillarda Chortoq tumanidagi 27-maktabda direktor. Ish faoliyati davomida noan’anaviy dars usullarini qo’llagan, pedagogik-psixologik tadqiqot materiallarini amaliyotga to’liq joriy qilishga erishgan.