Nosirov Elyor Rasulovich

Nosirov Elyor Rasulovich (1953.22.9, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (2003). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1974). 1974— 87 yillar Hamza teatrida, 1987 yildan Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida aktyor. Shufterle (Shiller, «Qaroqchilar») sahnadagi ilk obrazi. Nodir (E. Vohidov, «Oltin devor»), Ilhom (U. Umarbekov, «Shoshma quyosh»), Rahmatilla (Uyg’un, «Ibn Sino»), Iskandar (Navoiy, «Iskandar»), Otello (U. Shekspir, «Otello»), Qoriishkamba (S. Ayniy, «Buxoro»), Mehmonxo’jaev (R. Bobojon, «tog’a-jiyanlar») va boshqa rollarni ijro etgan. Nosirov televizion va videofilmlar, telepostanovkalarda ham rollar ijro etgan («qirolning dil xushi», «vafodor», «bahs», «bir fojia izidan», «u Romeo emas», «so’nggi o’q», «Xolisxon», «Ko’ngil ko’chalari», «neyron operatsiyasi», «qirq tog’oraning qirq nog’orasi» va boshqalar). Nosirov dublyaj san’atining yetakchi aktyorlaridan.