Nosirova Muhtarama

Nosirova Muhtarama (1925.1.7, Qarshi) — O’zbekiston xalq artisti (1964). 1941 yildan Mulla To’ychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrining aktrisasi. «G’unchalar» (Z. Fatxullin) spektaklidagi Nigor Nosirovaning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Nosirova sahnaviy joziba, mayin va ta’sirli ovozga ega bo’lgani sababli musiqali dramalarda ham katta muvaffaqiyat qozondi: Layli (Xurshid; T. Sodiqov, N. Mironov, «Layli va Majnun»), Shirin (Xurshid; G. Mushel, V. Uspenskiy, «Farhod va Shirin»), Zuhra (S. Abdulla; T. Jalilov, «Tohir va Zuxra») va boshqalar. Ayni chog’da dramalarda Jamila, Xolisxon (Hamza, «boy ila xizmatchi», «Xolisxon»), Guli (uyg’un, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), hur ona (A. Oripov, «Jannatga yo’l»), Qurbongul (Fitrat, «Abulfayzxon»), mushtipar ona (M. Xalil, «sehrli uzuk»), Aziza (A. Shalomaev, «Oqibat»), Ona (Sh. Pardayev, «so’nggi qurbon») kabi rollarni ijro etdi. «Qadimda bo’lgan ekan» (1995) filmida Momo rolini o’ynadi. «Shuxrat» medali bilan taqdirlangan (2001).