Nosiruddin al-Hanafiy
Nosiruddin al-Hanafiy, Nosir To’ra (19-asr o’rtalari, Buxoro — 20-asr boshlari, Kobul) — tarixchi olim, Amir Muzaffarning o’g’li. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Buxoro ilmiy jamiyati a’zosi (1921-23). U Buxoro Arki tarixiga doyr «tahqiqoti Arki Buxoro» asarini shu jamiyat hamkorligida yozgan. Shuningdek, uning Buxoro amirligi tarixiga bag’ishlangan «osori salotin» («Sultonlardan qolgan yodgorliklar»), «Tuhfat uz-zoirin» («ziyoratchilarga tuhfa», 1910 yilda Buxoro toshbosma nashriyotida chop etilgan), «Hodi uz-zoirin» («Ziyoratchilar uchun ko’rsatkich»), «kunuz al-atqiyo» («taqvodorlarga atalgan xa- zinalar») kabi asarlari mavjud. Amir Olimxonning talabi b-n uning oila a’zolari va yaqin qarindoshlari qatorida (jami 51 kishi) Afg’onistonga yuborilgan (1923 yil iyul).