Notabl

Notabl (fransuzcha lotables, lotincha notabilis-ahamiyatli so’zidan)-Fransiyada XIV-XVIII asrlarda qirol tomonidan davlat masalalari, asosan, moliyaviy va ma’muriy masalalarni muhokama qilish maqsadida chaqirilgan yig’in a’zolari. General shtatlardan farqli o’laroq, qirol tomonidan oliy dvoryanlik vakillari, ruhoniylar va shahar yetakchilari orasidan tayinlangan. Notabl yig’ini maslahat xarakterida bo’lgan.