Nottingem

Nottingem — Buyuk Britaniyaning Markaziy qismidagi shahar, Nottingemshir grafligining ma’muriy markazi. Trent daryosi bo’yida. Aholisi 282,4 ming kishi (1990-yillar oxiri). Transport yo’llarining yirik tuguni. Nottingem — mamlakatning yengil sanoat markazi. To’qimachilik (xususan, ip gazlama), tamaki, ko’n-poyabzal, oziq-ovqat, farmasevtika sanoati korxonalari mavjud. Velosiped va Motosikllar ishlab chiqariladi. Nottingem yaqinida ko’mir havzasi joylashgan. Universitet bor. 11 — 19-asrlarda qurilgan me’moriy yodgorliklar saqlangan. Shahar 9-asrdan ma’lum.