Nubiy tili

Nubiy tili – Nil-Sahroi Kabir tillari makrooilasi tarkibidagi Sharqiy Sudan tillari tarmog’iga mansub va Nil vodiysida (Misr va Sudan hududi), Kordofan platosi, Darfur tog’larida, Atbara daryosi zonasida tarkalgan til; 2 milliondan ortiq kishi so’zlashadi. 6-14- asrlarda qadimgi Nubiyaning rasmiy tili bo’lgan. Nubiy tili Nil va tog’ (Kordofan, darfur) lahjalariga bo’linadi. Nubiy tili agglyutinativtil; qadimgi Nubiy tilida suffiksal so’z yasalishi ustunlik qilgan bo’lsa, keyinchalik prefiksatsiya rivojlangan. Qadimgi Nubiy tili lug’at tarkibida Misr va grek tillaridan kirgan so’zlar ko’p bo’lgan, hozirgi Nubiy tilida esa Arabcha o’zlashmalar katta bir qatlamni tashkil etadi. Nubiy tili qadimda (8-11-asrlar) o’ziga xos alifboli yozuvga ega bo’lgan, biroq hozir o’z yozuviga ega emas.