Novaya sibir orollari

Novaya sibir orollari – Laptevlar va Sharqiy Sibir dengizlari orasidagi arxipelag. Saxa (Yakutiya) tarkibida. Maydoni 38 ming km2 ga yaqin. Novaya Sibir yoki Anju (29 ming km2), Lyaxov (6,1 ming km2), De-Long orollaridan iborat. Orollar mezozoy burmalanishida paydo bo’lgan va asosan, Paleozoy ohaktoshlari, mezozoy slaneslari, qumtoshlari va otqindi jinslardan tarkib topgan. To’rtlamchi davr allyuvial, ko’l-allyuvial, dengiz va muzlik yotqiziqlari keng tarqalgan. Relefi, asosan, akkumulyativ tekislik, o’rtacha balandligi 60-80 metr. Eng baland joyi 374 metr (Kotelniy orolidagi malakatin-Tas tog’i). Novaya sibir orollari iqlimi nisbatan kontinental Arktika sovuq iqlimi. Qish 7-8 oy davom etadi, qor qoplami 9 oy erimay turadi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -28°dan — Zggacha, iyulniki 1-3°. Yillik yog’in 132 mm gacha. Yer osti (qazilma) muzliklari keng tarqalgan. Tundra landshafti asosiy o’rin tutadi. Shimol bug’usi, bo’ri, qutb tulkisi, oq ayiq, oq kaklik, lemming uchraydi. Dengizlarda morjlar, qoyali qirg’oqlarda «qushlar bozori» bor.