Novikov Vasiliy Korneyevich

Novikov Vasiliy Korneyevich (1907.28.8, Rossiya Federatsiyasining Kalinin viloyati Peno tumani Naumovo qishlog’i — 1981.20.1, Toshkent) — 2-jahon urushi katnashchisi, podpolkovnik. 1941 yil iyuldan frontda. 2-Ukraina frontining 4-gvardiyachi armiyasi, 438-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki komandiri. 1944 yil 17 Fevralda Cherkassi viloyatining Lisyanka tumanidagi Jurjintsi qishlog’i atrofida qurshab olingan dushman gruppirovkasi bilan bo’lgan qo’l jangida jasorat ko’rsatgan. 1945 yil 24 martda qahramon unvoni berilgan. Toshkentdagi Harbiylar qabristonidagi kahramonlar hiyoboniga dafn etilgan. Jasorat ko’rsatgan joyda yodgorlik belgisi qo’yilgan.