Novokain blokadasi

Novokain blokadasi – periferik nerv sistemasi elementlariga novokain eritmasi (0,25% li) ta’sir ettirib davolash usuli. Novokainning nerv hujayrasiga og’riqsizlantiradigan va xiyol qo’zg’atadigan ta’sir ko’rsatish xususiyatiga asoslangan. A. V. Vishnevskiy taklif etgan (1929). Normal sharoitda va turli patologik holatlarda nerv sistemasinpng organizmda moddalar almashinuvi hamda hujayra va to’qimalar hayot faoliyatini muntazam tartibga solib turuvchi ta’siri Novokain blokadasi usuliga asos qilib olingan. Novokain blokadasining bir necha turi bor. Suyak singanida, turli jarohatlarda Novokain blokadasi og’riqsizlantirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bel, bo’yin, dumg’aza blokadasi, shuningdek, g’ilof (oyoq-qo’llarga) va qisqa blokada (patologik o’choqqa yaqin nervlarga) qo’llanadi. Bunda novokain qovurg’alararo nerv tolalariga ta’sir etib, og’riq impulslari o’tishini to’xtatadi. Suyak singanda, ba’zi bir tomir va nerv kasalliklarida oyoq-qo’l suyagi yaqinida joylashgan nervlarga (g’ilof blokada), qovurg’alar singanda, ko’krak qafasi jarohatlanganda bo’yindan o’tadigan nervlarga, bachadon yallig’langanda esa dumg’aza suyagidan o’tadigan nervlarga, shuningdek, nevralgiya, mialgiya, miozitparla shpris bilan novokain eritmasi yuborib blokada qilinadi.